“Free download manager” zararli dastur hujumi ortida Ukrainalik xakker borligi gumon qilinmoqda

Free Download Manager (FDM) boshqaruvchilari 2020-yildagi xavfsizlik hodisasini ta’kidlab o’tishdi va aynan shu holat o’zlarining veb-saytidan zararli Linux dasturlarini tarqatishda foydalanishganligini aytishdi.

“Aftidan, bizning saytimizdagi maʼlum bir veb-sahifani ukrainalik xakkerlar guruhi buzib, undan zararli dasturiy taʼminotni tarqatish uchun foydalanishgan”, — deyiladi oʻtgan haftadagi ogohlantirish xabarida.

“Faqat kichik bir foydalanuvchilar guruhi, xususan, 2020 va 2022-yillar oralig’ida Linux uchun FDMni yuklab olishga harakat qilganlargina zararlangan.

Taxminlarga ko’ra, saytdan foydalanuvchilarning 0,1% dan kamrog’i muammoga duch kelgan va shuning uchun bu muammo hozirgacha aniqlanmagan bo’lishi mumkin.

“U turli quyi tarmoqlardan, shu jumladan Bing va Google bilan bog’langan IP-manzillarning “istisno ro’yxatiga” ega edi”, – deydi FDM. “Ushbu IP manzillardan tashrif buyuruvchilarga har doim to’g’ri yuklab olish havolasi berilgan.”

“Qizigʻi shundaki, bu zaiflik 2022-yilda saytni muntazam yangilash vaqtida bilmagan holda bartaraf etilgan”, — deb taʼkidlaydi u.

FDM, shuningdek, foydalanuvchilarning tizimlarida zararli dasturlar mavjudligini tekshirish uchun dastur chiqardi. Ushbu dasturni quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin – havola.

Ammo shuni ta’kidlash kerakki, tekshiruvchi dastur zararli dasturni uchirib tashlay olmaydi. Viruslar yuqtirgan kompyuterlarni qaytadan o’rnatish tavsiya etiladi.

Manba: havola