Tezkor: Sony kiberhujum qurboni bo’ldi – xakkerlar kompaniya ichki ma’lumotlariga ega chiqishgan

Ransomed.vc xakkerlar guruhi Sony kompaniyasini muvaffaqiyatli buzganini da’vo qilmoqda va yapon kompaniyasidan o’g’irlangan ma’lumotlarni sotish bilan tahdid qilmoqda.

Ularning da’volari tasdiqlanmagan bo’lsa-da, Cyber ​​Security Connect xabariga ko’ra, guruh o’tgan oy “sahnaga” chiqqanidan beri “sezilarli miqdordagi qurbonlarni buzib kirgan”.

“Biz barcha Sony tizimlarini muvaffaqiyatli buzdik”, – deb da’vo qildi guruh darknet tarmoqlarda: “Sony pul to’lashdan bosh tortdi, endi ularni ma’lumotlarini sotishni boshlaymiz”.

Cyber ​​Security Connect ma’lumotlariga ko’ra, guruh buzg’unchilikni tasdiqlovchi ba’zi ma’lumotlarni joylashtirgan.

Joylashtirilgan ma’lumotlarda kompaniya tizimlariga ichki kirish sahifasining skrinshotlari, ichki PowerPoint taqdimoti, bir nechta Java fayllari va 6000 dan kam faylni o’z ichiga olgan.

Guruh 28-sentyabrdagi “dedlayn sanasi” bo’lishini takidlab o’tdi, shundan so’ng hech kim ma’lumotlarni sotib olmasa, Ransomed.vc ma’lumotlarni nashr etishi mumkin.

Aytilishicha, Ransomed.vc guruhi ransomware (fayllarni shifrlab ularni ochish uchun pul talab qiluvchi xakkerlar guruhi) operatori hisoblanadi.

“To’lov olinmagan hollarda, biz GDPR agentligiga Ma’lumotlar maxfiyligi to’g’risidagi qonun buzilishi haqida xabar berishga majburmiz!” – deydi guruh.

Xabarlarga ko’ra, Ransomed.vc a’zolarining aksariyati Ukraina va Rossiyadan tashqarida ishlaydi.

2011-yilda Sonyning PlayStation Network tarmog‘ida katta buzilish sodir bo‘lgan edi, natijada taxminan 77 million akkauntning shaxsiy ma’lumotlari o’g’irlangan va tizim 23 kun davomida oflayn rejimda bo’lgan.

Dastlabgi Sonyga qaratilgan kiberhujum 100 million dollardan qimmatga tushgan u nafaqat o’yinchilardan, balki o’yin ishlab chiqaruvchi dasturchilardan ham kechirim so’rashga majbur bo’lgan.

Oxir-oqibat Sony 55 ta turdagi qonuniy davogarlikka duch kelgan va jabrlanganlar uchun tovon puli, shu jumladan bepul o’yinlar taklif qilishga rozi bo’lgandi.

Manba: https://www.videogameschronicle.com/news/a-ransomware-group-claims-to-have-beached-all-sony-systems