Shoshilinch xabar: 1000 ga yaqin OneID tizimi foydalanuvchilari ma’lumotlari tarqaldi, zudlik bilan parollaringizni yangilang!

Telegram kanallarining birida 13-oktabr kuni joylangan jami 185 million ta foydalanuvchi ma’lumotlari tarkibida Yagona Identifikatsiya Tizimi – OneID platformasidan ro’yxatdan o’tgan fuqarolarga tegishli 2000 ga yaqin login va parollar ham borligi aniqlandi.

DIQQAT!

Infosec Blog jamoasi ushbu ma’lumotlar tarqalishi qurboni bo’lgan barcha yurtdoshlarimizdan zudlik bilan o’z shaxsiy parollarini yangilashni tavsiya qiladi, ushbu ma’lumot sizning barcha shaxsiy ma’lumotlaringizni ko’rish va o’zgartirish, shuningdek tizimga biriktirilgan boshqa davlat tizimlariga ham sizning nomingizdan kirish imkoniyatini beradi.

Meni login parolim tarqalgan yoki yo’qligini qanday bilsam bo’ladi?

Jamoamiz ishga tushirgan bot orqali bilishingiz mumkin – @kiberxabarchi_bot

Parolni qanday yangilash mumkin?

Tizimga kirganingizdan so’ng, ushbu havola (https://id.egov.uz/oz/personal-data/settings) orqali yangi parolni o’rnatishingiz mumkin.

Meni nomimdan kimdir kirganini bilsam bo’ladimi?

Ha, buning uchun tizimga kirib, ushbu havola (https://id.egov.uz/oz/sessions) orqali boshqa seanslar (kirilgan qurilmalar) ni ko’rishingiz mumkin.