Londondagi sud Julian Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi

Angliya va Uels oliy sudi “WikiLeaks” asoschisi Julian Assanj foydasiga qaror chiqardi. “Unga buyuk Britaniya sudlarida AQShga ekstraditsiya qilish to’g’risidagi qarorga qarshi chiqish imkoniyati berildi” – deb xabar beradi Reuters.

“Assanj zudlik bilan ekstraditsiya qilinmaydi”- deyiladi sud qarorida. WikiLeaks asoschisi Buyuk Britaniyaning 2022-yilda qabul qilingan ekstraditsiya to’g’risidagi qarori ustidan shikoyat qilishi mumkin, Agar Vashington uch hafta ichida sudga Assanjning AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi tuzatishga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi to’g’risida “qoniqarli kafolatlar” bersa (so’z erkinligini himoya qilingan bo’ladi), Amerika sudida u xuddi shunday himoya huquqiga ega bo’ladi va unga o’lim jazosi berilmaydi.

Agar AQSh hukumati bunday kafolatlarni bermasa, Assanj Britaniya ichki ishlar vazirligi rahbarining uni ekstraditsiya qilish to’g’risidagi qaroriga qarshi chiqish huquqiga ega bo’ladi va sud uni himoya qilish dalillarini qayta ko’rib chiqadi, chunki AQShda uning hayoti va sog’lig’i xavf ostida bo’ladi. Oliy sudda navbatdagi sud Majlisi 20 may kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Agar sud hozirda Assanj foydasiga qaror chiqarmaganida edi, u Buyuk Britaniyadagi barcha apellyatsiya imkoniyatlarini tugatgan bo’lar edi. Keyin mamlakat rasmiylari uni 28 kun ichida AQShga ekstraditsiya qilishlari kerak edi, u yerda u josuslik to’g’risidagi qonunga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin edi va 175 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinardi.

Mart oyida AQSh Adliya vazirligi Wikileaks asoschisi Julian Assanj bilan “kelishuvni ko’rib chiqayotgani” ma’lum bo’ldi, bu esa unga “aybini tan olish” evaziga ozodlikka chiqishga imkon beradi.

Assanj 2006-yilda maxfiy hujjatlarni nashr etish uchun WikiLeaks veb-saytiga asos solgan. 2010-yilda u AQSh va uning ittifoqchilarining Afg’oniston va Iroqdagi harbiy kampaniyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan. AQSh Assanjga 18 ta ayblov qo’ydi, shu jumladan josuslik. Assanjning advokatlari, u shunchaki jurnalist singari unga berilgan ma’lumotlarni nashr etganini va shuning uchun jazolanmasligi kerakligini ta’kidladilar.

Oldin “Infosec Blog” ijtimoiy tarmoqlarimizda xabar berganimizdek, 2012-yil iyun oyidan jurnalist Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashiringan. 2019-yil aprel oyida u diplomatik vakolatxona hududidan chiqarib yuborilganidan keyin AQShning iltimosiga binoan hibsga olingan va Londonning yuqori darajadagi qamoqxonasiga joylashtirilgan.

Manba: havola