“Vazirlik va tashkilotlar Davlat xafvsizligiga sovuqqonlik bilan munosabat bildirmoqda” – Cyber-Bro LLC

2022-yil faoliyatini boshlagan “CYBER BRO” MChJ kiberxafvsizlik bo’yicha muhim amaliyotlarni amalga oshirish, Davlat tashkilotlari bilan birgalikda “kritik” darajada hisoblangan Davlat xafvsizligiga doir ma’lumotlar himoyasi, ularning qay darajada muhim ekanligini o’zining so’nggi yangiliklarida ta’kidlab o’tdi.

Biz nazarda tutgan axborot obyektlari shu darajada muhimki, Davlatning qon-tomiri bo‘lgan harbiy-huquqiy, bank-moliya, muhim iqtisodiy nuqtalarga borib taqaladi. Ba’zi axborot tizimlarida kiberxavfsizlik bo‘yicha vaziyat kritik holatda, vaholanki mana shu tashkilotlar ba’zi tashkilotlarning turli psevdo reytinglarida yuqori o‘rinda turadi” – firma rasmiy Telegram kanalida ushbu holat qay darajada oqsayotganiga jiddiy munosabat bildirdi.

O’zbekisonda kiberxafvsizlik shunday darajada yomon ekanligi ko’pchiligimiz uchun ayon bo’lsa kerak. “Kun.uz” rasmiy saytida yoritilgan va juda ko’p shov-shuvlarga sabab bo’lgan O’zbekiston Senati rasmiy sayiga bo’lgan kiber hujumning voyaga yetmagan guruh tomonidan amalga oshirilgani ma’lum bo’lgach, vaziyat qaltis ekanligidan dalolat bildirgan edi (Yangilik uchun havola: https://kun.uz/uz/40957661)

“Cyber-Bro” kiberxafvsizlik firmasi shunday muammolarning boshqa Davlat tashkilotlarida juda keng ravishda e’tiborsiz qoldirilyotganini aytib o’tgan:

Vaholanki, Davlat tashkilotlari “Kiberxafvsizlik Markazi” DUK (O’zbekiston Respublikasining Davlat idoralari bo’yicha kiberxafvsizligini tekshirib boruvchi Davlat korxonasi) tomonidan e’lon qilinadigan reytinglarda yaxshi natijalar qayd qilganligi, ammo natija kutilgan darajada “yaxshi” emasligiga ishora qilgan.

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ–4751-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq “Kiberxavfsizlik markazi” DUK Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha reyting baholash o‘tkazib kelmoqda.

“Cyber-Bro” MChJ rasmiy Telegram kanali: https://t.me/cyberbrosecurity

Infosec Blog kanaliga obuna bo’ling: https://t.me/infosec_blog

Rasmiy saytimiz: https://infosec-blog.uz